Samsung SM-R600 User Instructions - Page 822
Qurilmangizdan to'g'ri, foydalanish
![]() |
View all Samsung SM-R600 manuals
Add to My Manuals
Save this manual to your list of manuals |
Page 822 highlights
Qurilmangizdan to'g'ri foydalanish Qurilmangizni quruq holda saqlang • Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin. • Qurilmangiz nam bo'lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz yoqilgan bo'lsa, uni o'chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar qurilma o'chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday holatda qoldiring). Undan so'ng, qurilmani sochiq bilan quriting va xizmat ko'rsatish markaziga olib boring. • Ushbu qurilmaning ichki suyuqlik indikatorlari sozlangan. Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo'ying Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin. Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig'ida bo'lgan joylarda foydalanish mumkin. Qurilmani -20 °C dan 50 °C oralig'idagi haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan diapazondan tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat ko'rsatish muddatini qisqartirishi mumkin. • Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin. • Qurilmangizni quyosh nuri to'g'ridan-to'g'ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida). O'zbek 821
![](/manual_guide/products/samsung-smr600-user-instructions-83f94b0/822.png)